BERG (BERG) ALBAN (1885.9.11— Vena— 1935.24.12) — Avstriya kompozitori, musiqadagi ekspressionizmning eng yirik vakillaridan. 1915-18 yillar harbiy xizmatda bo’lib, І-jahon urushi ta’sirida unga katta shuhrat keltirgan “Vossek” operasini yaratgan. Asarlarida birinchi bo’lib 20-asrda ommaviy tus olgan dodekafoniya kompozitorlik texnikasi va an’anaviy tonallik uslubini uzviy bog’lashga muyassar bo’lgan, uzluksiz yangrovchi kuylar va ularga monand eng zamonaviy garmoniya birlashmalarini muayyan janr hamda shakllar zaminiga moslagan. Ad.: Tarakanov M., Muzikalniy teatr Albana berga, M., 1976.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish