BEREZNIKI
BEREZNIKI (1933 yilgacha Usolesolikamskoe) — Rossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar (1932 yildan). Kama suv ombori sohilidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-asrdan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kimyo sanoati markazi (“Uralkaliy”, “Soda”, “Azot” ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo zavodi va boshqalar), titanmagniy kombinati, elektrotexnika, metallsozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. 16 asrdayoq tuz olingan. 1883 yilda Rossiyada birinchi soda zavodi qurilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz