BERENDEYLAR — rus yilnomalarida 11-asrdan 12-asr oxiriga qadar tilga olingan turkiy ko’chmanchi qabila. Berendeylar nomi ba’zi tarixchilar (S. Pletneva) fikriga ko’ra “Boyandurlar” nomining ruscha noto’g’ri atalishidir. 11-asrning 2-yarmida Berendeylar boshqa turkiy xalqlar (bijanaklar, torklar) bilan birga rus yerlarining Janub rayonlariga (Kiyev, Pereyaslav knyazliklariga yaqin) kelib joylashib olgan. Taxminan 1146 yilda bular bitta qabilaga birlashib, “Qoraqalpoqlar” (“cherniye klobuki”) deb atalgan. Mo’g’ullar istilosi vaqti (13-asr boshi)da Berendeylarning bir qismi Bolgariya va Vengriyaga borib joylashgan, yana bir qismi Oltin O’rda aholisiga qo’shilib ketgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish