BERDYANSK



BERDYANSK (1939-58 yillarda Osipenko) — Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi shahar (1835 yildan). Azov dengizi bo’yidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 135 ming kishi (1999). “Azovkabel”, “Yujgidromash”, “Azovselmash” zavodlari bor. Shisha tola, neft moylari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, mashinasozlik, tokchilik va vinochilik texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, badiiy va o’lkashunoslik muzeylari mavjud. Yozi quruq, issiq (iyulning o’rtacha temperaturasi 24°), qishi iliq (yanvarning o’rtacha temperaturasi — 4°), yiliga 380 millimetr yog’in tushadi. Shahardan 5 kilometr narida dengiz bo’yida balchiq bilan davolash va iqlimiy kurort joylashgan. Kattalar va bolalar sanatoriysi, dam olish uylari ishlab turibdi. Berdyanskga 1827 yilda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz