BERDIYOR MASXARA



BERDIYOR MASXARA (Diyorov Berdiyor) (1884—Shahrisabz tumani Chopiq qishlog’i—1967) — o’zbek xalq an’anaviy teatr aktyori. Mizrob masxaraning shogirdi. Repertuarida 40 ga yaqin og’zaki hajviya, muqallid, hajviy qo’shiq va o’yinlar bo’lgan. “Eshoni rais”, “Bo’z do’koni”, “Juvozkash”, “O’g’irlik”, “Sartarosh”, “Еegirmonchi” va boshqalar shular jumlasidan. Berdiyor masxara qahramonlar xulq atvorini bo’rttirib ko’rsatgan, hajviy vaziyatga tezda kirishib, qahramon qiyofasi va holatini bsrilib ifodalash qobiliyatiga ega bo’lgan. Hajviy obrazlar Berdiyor masxara ijodida alohida o’rin tutadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz