Berdishev Abdumauvlen
Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich (1958-yil 7-aprel, Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani) – sovet, oʻzbek, qozoq matematigi; Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Sirdaryo universiteti rektori (2002—2008).
Hayoti
Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1958-yil 7-aprelda Toshkent viloyati Qibray tumani Oq Oltin qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan.
U 1975-yilda 20-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan (keyinchalik ushbu maktabga Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich maktabi nomi berilgan). 1980-yilda Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 1980—2000-yillarda M.Auzeva nomidagi Matematika institutida ishlagan. V. I. Romanovskiy nomidagi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aspiranti, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim, doktorant sifatida faoliyat yurtigan.
2000—2008-yillarda Sirdaryo universitetida (Janubiy Qozogʻiston viloyati) umumiy matematika va fizika kafedrasi mudiri (2000-2002), univeresitet prorektori, rektor (2002—2008) lavozimlarida ishlagan.
Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 2008-yil sentyabrdan Abay nomidagi Qozogʻiston Milliy Pedagogika universiteti matematik analiz, algebra va geometriya kafedrasi professori boʻlib ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1985-yilda nomzodlik, 2000-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan; professor (2006).
Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha bir qator dissertatsiya kengashlari aʼzosi.
3 nafar fan nomzodi tayyorlagan. Shuningdek, 85 ta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Mukofotlari
Berdishev Abdumauvlen 1990-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining fan va texnika sohasidagi mukofoti sohibi boʻlgan. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligining „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangna.
Manbalar
uz.wikipedia.org