Berdaq Qarg'aboy o'g'li




Berdaq Qarg'aboy o'g'li (1827-1900)-Qoraqolpoq klassik shoirlarining ichida oʻzining hayot yoʻliga tegishli bazibir manbalarni oʻz qoʻli bilan yozib qoldirgan shoir — Berdaq hisoblanadi. U oʻzining mashhur „Oʻmirim“ qoʻshigʻida oʻzining avtobiografiyasini qoldirgan.

Hayoti



Ota-bobolari



Berdaqning avlodlari shoirning yashagan joyidagi odamlarning harxil ekspeditsiyalar davrida bergan maʼlumotlariga qaraganda, Berdaq shoirning bobosi Tinet degan odam boʻlgan. Tinetning otasi Bekbiy, Bekbiyning otasi Xojaqul. Tinetning Boranbay, Baytemir, Baltabay degan uch bolasi boʻlgan. El orasida Baltabay, Bektemirlarning qanaqa odamlar boʻlganligi haqida maʼlumotlar yoʻq. Lekin, Boranbayning Qargʻaboy degan, Qoshqarbay, Mayanbay, Sangʻirbay degan toʻrt bolasi boʻlgan. Eng kattasi Qargʻaboy — yaʼni Berdaqning otasi kambagʻallikda kun kechirishgan. Amudaryoning Orol dengiziga quyar yerining bir yoqasida Aqqala, Quwli koʻl degan yerlarida yashagan. Bu yerlarda asosan qoraqolpoqlarning Muyten, Qoldawli uriwlari tirichilik qilgan. Qargʻaboyning Otepbergen, Nurmaq, Ermaq, Jamet va Serbaba degan bolalari boʻlgan. Bolalari ulgʻayib, yigit boʻlganda Qargʻaboyning ayoli olamnan oʻtadi. Qargʻaboyning kun koʻrishi avvalgisiga qaraganda qiyinlashadi. Oradan koʻp vaqtlar oʻtgannan keyin boshpanasiz qolgan besh bolani asrash uchun Qargʻaboy Muyten uriwidagi oʻzidek kambagʻal kishining Qarqara degan qiziga uylanadi.

Bolaligi



Uylangannan keyin Qargʻaboyning yetim bolalarining kun koʻrishi biroz yaxshilanadi. Gʻargʻabayning bu soʻngi ayolidan Berdimurot (Berdaq), Fazilbek, Berdibek, Qallibek degan toʻrt bolasi boʻladi. Berdaq shunday etib, 1827-yili Amudaryoning quyar oyogʻida, Orol dengizining tushlik yoqasida Aqqala degan yerda dunyoga keladi. Biroq Gʻargʻabayning soʻngi ayolidan tugʻilgan toʻrt bolaning uchtasi olamnan oʻtib Berdimurotning bir oʻzi qoladi.
Berdaq 7-8 yoshlaridan-oq qishloq maktabiga qatnab oʻqiydi. U kichkinaligidan-oq chaqqon, ziyrak boʻlib odamlarning koʻziga tusha boshlaydi. Lekin u oʻn yoshiga kelganda otasi ham, onasi ham dunyodan oʻtib yetim qoladi. Bu kutilmagan holat yosh bola Berdimurotning umrini birdan qiyinlashishiga sabab boʻladi.
Yetim qolgan Berdimurot oʻzining otasi bilan tugʻishgan inson Qochqorboyning Nayzabay degan bolasining qoʻliga boradi. Ammo Nayzabayning ayoli Berdimurotga kun bermaydi. U eng oxirida oʻz qishlogʻining uloq-buzogʻini boqib, kunda kechqurunlari uyma-uy, navbatma-navbat qoʻnib kun kechiradi.

Yoshligi



Berdaq yosh vaqtlaridan boshlab qoʻshiq yoza boshlaydi. U dastlab birovlarni maqtab, birovlarni hazil ostiga olib qisqacha qoʻshiqlar chiqaradi. Qishloqlarda toʻy boʻlgan yerga borib „Toʻy boshlar“, „Bet ochar“ qoʻshiqlarini aytadi. Bora-bora „Berdaq shoir“, „Berdaq baqshi“ degan atoqlarga ega boʻlib, el-yurtga mashhur boʻla boshlaydi. Mol boqishdan qutilib, el oralab qoʻshiq aytib, shoirlik soʻz hunari bilan kun koʻradigan boʻladi.
Berdaq shoir 23 yoshida Muyten uriwining kengtanov tiyrasidagi Baymanqul degan kishining Bayitqan degan qiziga uylanadi. Oila tiklaganidan keyin uning Aytmuxammad (odamlar uni Ayteke deb atagan), Nazibek degan ikki bolasi, Hurliqa, Hurliman, Ayimxan va Biybixan degan toʻrt qizi boʻladi. Ularning ichida Hurliman degan qizi ota yoʻlini tutib, mashhur „qiz baqshi“ boʻlib, elga tanilgan.

Oʻrta yoshligi



Berdaq shoir oʻrta yoshlarga borganda ayoli olamdan oʻtadi. Unnan keyin u Qostamgʻali uriwidagi Barliqbay degan kishining Bagʻdagul degan qiziga uylanadi. Soʻngi ayolidan shoir Gulimxan, Jarimxan degan ikki qizi boʻladi. Berdaqning oʻgʻillari bilan qizlaridan avlodlari juda koʻp. Ular soʻngi vaqtlargacha Muynoq tumanidagi Qozoqdaryo, Terbenbes taraflarda, Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir, Chimboy tumanlarida turadi.
Berdaq shoirning tashqi koʻrinishi toʻgʻrisida uni koʻrgan bilgan, Qaraoʻzek tumanining 9-ovulida yashaydigan chol Xojalepes oʻgʻli Ibrayimning aytishicha Berdaq uzun boʻyli, toʻliq gavdali, qora kishi ekan. Peshonali, qoboq suyagi koʻtarinki, qoyuv qoshli, koʻzi qora oʻtkir, kulimlagan, kirpikli odam edi. Xulq-atvori yoqimli, xush xulqli, hammaga birdek gapirganda bir tekis, asta, lekin solmoqli gapiradigan, tili hozirgi oʻzimiz gapirib yurgan sof qoraqolpoqcha boʻlib, ichiga ayirim fors-arabiy (lekin odamlarga tanish) soʻzlarni qoʻshib ham gapiradigan boʻlgan. Qoʻshiq kuylaganda toʻlib-toshib ketadigan, shu joyda dutor-dutorsiz ham kuylab keta beradigan inson boʻlgan.

Manbalar



[Poeziya] Adabiyot Xrestomatiyasi
[Poeziya]Berdak — Tanlamali shigarmalarinin jiynagi

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz