BERDANKA



BERDANKA — miltiq. Kalibri 10,67 millimetr, og’irligi 4,9 kilogramm, otish uzoqligi 4000 qadam. Amerikalik polkovnik X. Berdan ishlab chiqqan; 19-asr 60-yillarida rus harbiy muhandislari A. P. Gorlov va K. I. Gunnuslar takomillashtirgan. Shundan so’ng AQShda “rus miltig’i” nomini olgan. 19-asr 70— 90-yillarida rus qo’shinlarining asosiy quroli hisoblangan. 1891 yildan boshlab Berdanka o’rniga rus ixtirochisi S. I. Mosin miltig’i ishlatilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz