BERBERA
BERBERA — Somali shimoliy g’arbidagi shahar. Aholisi 65 ming kishi (1981). Mamlakatning Adan qo’ltigi sohilidagi yirik porti, Berbera orqali chorva mollari va teri xom ashyosi Arab mamlakatlariga eksport qilinadi. Avtomobil yo’llari tuguni. Baliq ovlanadi. Tsement zavodi bor. Berbera atrofidan gips angidridi, qurilish sanoati xom ashyolari olinadi. Berberadan Janubda niobiy rudalari topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz