BER (ruscha biologicheskiy ekvivalent rentgena — rentgenning biologik ekvivalenti) — ionlovchi nurlanish ekvivalent dozasining birliklar tizimiga kirmagan birligi. Tirik organizm 1 rentgen gamma nurlanish olganda qanday biologik effektga (ta’sirga) duchor bo’lsa, 1 ber ionlovchi nurlanish olganda ham shunday biologik effektga duchor bo’lishini ifodalaydi. 1 ber=0,01 J/kg (1963 yilgacha rentgenning biologik ekvivalenti sifatida aniqlangan).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish