Bepul ta'lim
Bepul taʼlim — bu taʼlim oluvchining shaxsiy hisobidan emas, balki davlat xarajatlari yoki xayriya tashkilotlari hisobidan moliyalashtiriladigan taʼlimdir. Bepul oliy taʼlimning koʻplab modellari mavjud. Lekin koʻp mamlakatlarda faqat boshlangʻich maktab va boshqa umumiy yoki majburiy taʼlim bepul (darsliklar sotib olinadi, faqat oʻqitish bepul) xolos. Baʼzi mamlakatlarda oliy taʼlim, hatto aspiranturada oʻqish ham bepul boʻlib, bunday davlatlar qatoriga Shimoliy Afrika davlatlari ham kiradi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madan0iy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 13-moddasida boshlangʻich taʼlim bepul boʻlishi va bu taʼlim olish huquqiga kirishi, oʻqishni oʻrta va oliy taʼlimda bosqichma-bosqich davom ettirish imkoni taʼminlanadi.
Oslo universitetida NOK (600) (74 AQSh dollari) miqdoridagi kichik semestr toʻlovidan tashqari oʻqish uchun boshqa toʻlovlar yoʻq. 2013-yildan boshlab Shimoliy Yevropa, Estoniyada ham bepul oliy taʼlim berish boshlandi. Shvetsiya esa XXI asr boshlariga qadar chet ellik talabalarga bepul taʼlim berib kelgan, biroq keyinchalik Yevropa hamjamiyatidan tashqaridagi chet ellik talabalar uchun toʻlovlarni undirishga oʻzgartirishlar kiritgan. Daniya ham universal bepul taʼlimga ega va oliy maʼlumotli talabalarga oylik „SU“ (Statens Uddannelsesstøtte) stipendiyasini beradi.Shuningdek, Argentina, Braziliya, Kuba, Polsha, Chexiya, Gretsiya, Vengriya, Livan, Turkiya, Shri-Lanka va Urugvay barcha darajalarda, shu jumladan, kollej va universitetlarda fuqarolar uchun bepul taʼlim beradi.
Mamlakatlar
Argentinada 1949-yildan beri davlat universitetida nafaqat argentinalik talabalar, balki Argentinada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun ham taʼlim bepuldir. Bunda toʻlov Taʼlim Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Braziliyada bepul taʼlim Taʼlim Vazirligi tomonidan mahalliy xalqqa va Braziliya fuqaroligiga ega boʻlgan muhojirlarga aspirantura, magistratura, doktorantura va post-doktorantura oʻqish uchun stipendiyalarni taklif qilishdir.
Xitoy ham bepul taʼlim olishni yoʻlga qoʻygan dastlabki davlatlar qatoriga kiradi.
Fransiya va Malta kabi Evropa Ittifoqi mamlakatlarida oʻqish odatda yevropalik talabalar uchun bepul, Germaniyada esa barcha yevropalik va boshqa xalqaro talabalar uchun ham taʼlim bepuldir. Shotlandiyada universitetda oʻqish barcha Shotlandiya fuqarolari uchun bepul, lekin Buyuk Britaniyaning boshqa qismlaridan kelgan talabalar bundan mustasno.
Fijida hukumat 2013-yilda boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimi xarajatlarini qoplashini eʼlon qildi, bu har bir talaba uchun yiliga 250 Fiji dollariga teng.
Mavrikiyda hukumat oʻz fuqarolariga maktabgacha taʼlimdan to oliy maktabgacha bepul taʼlim beradi. 2005-yil iyul oyidan boshlab hukumat barcha talabalar uchun bepul transportni ham yoʻlga qoʻygan.
Filippinda davlat boshlangʻich va oʻrta maktablari bepul. 1973-yilgi Konstitutsiyaga binoan boshlangʻich taʼlim bepul boʻlgan boʻlsa, 1987-yilgi Konstitutsiya bepul taʼlimni oʻrta darajaga qadar kengaytirdi. Bepul davlat oliy taʼlimi 2017-yildan kuchga kirdi.
Tailandda bepul taʼlim taxminan 1996-yildan boshlangan.
Trinidad va Tobago oʻz fuqarolariga akkreditatsiyadan oʻtgan davlat va xususiy muassasalarda bakalavriat darajasigacha bepul oliy taʼlimni taklif etadi. Aspirantura darajasi akkreditatsiya qilingan muassasalarda hukumat tomonidan 50 % gacha toʻlanadi. Ushbu imtiyoz fuqarolarga „Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan oʻquv xarajatlari dasturi“ deb nomlangan dastur doirasida beriladi va u Oliy taʼlim va malaka oshirish vazirligining moliyalashtirish va grantlarni boshqarish boʻlimi tomonidan boshqariladi.
Qoʻshma Shtatlarda turli xil moliyaviy yordam dasturlari har qanday akkreditatsiyadan oʻtgan kollej yoki universitet uchun, asosan kam taʼminlangan talabalarga grantlar va talabalar kreditlarini taqdim etadi.
Urugvay bepul, majburiy va dunyoviy taʼlimni 1876-yilda, Lorenzo Latorre diktaturasi davrida, Xose Pedro Varela boshchiligidagi islohotdan soʻng qabul qildi.
Tanzaniyada hukumat 2016-yilda barcha davlat maktablari uchun toʻlovsiz taʼlimni joriy qildi. Hukumat toʻlovlarni toʻlaydi, ammo ota-onalar maktab formasi va boshqa materiallar uchun haq toʻlashlari kerak edi/
Tarix
Islom oltin asrida madrasaga asoslangan bepul taʼlim anʼanasi paydo boʻlgan.
Bepul taʼlim dastlab „homiylik taʼlimi“ deb ham yuritilgan. Chunki Uygʻonish davrida, boy amaldorlar homiy sifatida yigitlarning taʼlim olishiga yordam berishgan.
Qoʻshma Shtatlarda Taunsend Xarris 1847-yilda birinchi bepul davlat oliy taʼlim muassasasiga, Nyu-York shahrining bepul akademiyasiga (hozirgi Nyu-York shahar kolleji) asos solgan. U shahar kambagʻallari, muhojirlar va ularning bolalariga bepul taʼlim berishni maqsad qilgan. Uning bitiruvchilari boshqa davlat universitetlariga qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishgan. XIX asrning oxirlarida Qoʻshma Shtatlar hukumati majburiy taʼlimni bepul va umumiy taʼlim sifatida joriy qilgan va 1920-yillarga kelib bu butun mamlakat boʻylab tarqalgan.
Internetda
Hozirgi kunda onlayn taʼlim saytlari, tarmoqlari koʻpayib bormoqda. Onlayn taʼlim uchun resurslarning keng talablari tufayli koʻplab ochiq jamoat loyihalari ham yoʻllga qoʻyilgan. Xususan, Wikimedia jamgʻarmasi bepul onlayn taʼlim resurslariga bagʻishlangan loyihani ishlab chiqdi, Wikiversity maʼlum mavzular uchun bir nechta saytlar yaratdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org