BENZOL
BENZOL, CfH6 — aromatnk uglevodorodlarning odliy vakili. Molekulyar modda 78,11, rangsiz, tez yonuvchan, uchuvchan suyuqlik bo’lib, o’ziga xos hidi bor. Zichligi 879 kilogramm/metr kub. Qaynash temperaturasi 80 gradus. Yongapda is chiqadi. Benzol bug’i havo bilan aralashganda portlovchi aralashma hosil bo’ladi. Uglevodorodlar va ko’pchilik organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Suvda erimaydi. Benzolni 1825 yilda ingliz olimi M. Faradey yonuvchi gaz kondensatidan ajratib oldi. Toza Benzolni 1833 yilda nemis olimi E. Micherlix kaltsiy benzoatni quruq haydab olgan. 1865 yilda nemis olimi F. A. Kekule Benzol uchun 3 oddiy va 3 qo’sh bog’dan iborat 6 atomli halqa shaklidagi formula taklif qildi. Benzol molekulasida uglerod atomlari to’g’ri yassi olti burchaklik hosil qiladi, lekin qulay bo’lishi uchun u cho’ziqroq qilib chiziladi. Benzol formulasini qisqacha yozilganda ko’pincha SN guruhi ko’rsatilmaydi. Frantsuz kimyogari Bertlo 1866 yilda atsetileini 500-600° da qizdirib Benzolni olib, sintez usuli yordamida alifatik birikmalardan aromatik birikmalarga o’tish mumkinliginp nazariy jihatdan isbotladi. Benzolning tavsifli xususiyatlaridan biri uning yuqori temperaturaga chidamligidir. Benzol kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan hisoblanadi. U to’yinmagan uglevodorod bo’lishiga qaramay, asosan o’rin almashinish reaktsiyalariga kprishadi. Masalan, Benzolni nitrolab nitrobenzol, sulfolab benzosulfokislota, xlorlab xlorbenzol va geksaxlorbenzol, oksidlab malein angidridi, alkillab etilbenzol va izopropilbenzol, degidrogenlab difenil olish mumkin. Benzol to’yinmagan birikma xususiyatlarini namoyon qiladigan birikish reaktsiyalariga juda qiyin kirishadi. Ularning sodir bo’lishi uchun maxsus sharoit: yuqori tempeatura va bosim, katalizator, yorug’lik nuri ta’sir totirish va boshqalar talab qilinadi. Masalan, nikel yoki platina katalizatorligida Benzol gidrogenlanib tsiklogeksan, yorug’lik ta’sirida esa xlorni biriktirib olib geksaxlortsiklogeksan (geksaxloran) xreil qiladi. Benzol bo’yoqlar, portlovchi moddalar, dorivorlar, xushbo’y moddalar, sun’iy ananlar, plastik massalar va boshqalar olishda hamda erituvchi sifatida ishlatiladi. Benzol katalizator ishtirokida gidrogenlanganda kaprolaktam sanoatining xom ashyosi bo’lmish tsiklogeksan hosil bo’ladi. Kaprolaktam uz pavbatida polimerlanib. sintetik tola bo’lgan “kapron” beradi. Motor yonilg’ilariga ham ishlatiladn. Benzol bug’i kishi organizmiga yomon ta’sir etadi, kon tarkibini buzadi, qattiq zaharlanganda odam o’ladi. Suyuq Benzol teriga kuchli ta’sir qiladi. Qudrat Axmerov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz