BENZINLI KESKICH — yonilg’i sifatida benzin yoki kerosin ishlatiladigan metall kesish apparati. Suyuq yonilg’i idishi, keskich, yonilg’i va kislorod uzatish shlanglaridan iborat. Bakda ortiqcha bosim hosil qiluvchi dastaki havo nasosi o’rnatilgan; uning yordamida keskichga yonilg’i beriladi. Kislorod ballonidan 3 atmosfera bosim bilan keladigan kislorod maxsus kamerada benzin (yoki kerosin) bug’lariga qo’shilib, yonuvchi aralashma hosil qiladi. Shu aralashma keskich teshigidan chiqib yotadi va metallni kesadi. Benzinli keskich qalinligi 300 millimetrgacha bo’lgan metallarni kesishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish