BENYAMINOV SASON GAVRILOVICH



BENYAMINOV SASON GAVRILOVICH (1929.23.4, Buxoro) — opera xonandasi (lirik bariton),O’zbekiston xalq artisti (1973). Toshkent konservatoriyasini tugatgach (1954), Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni (1962-85). 1960— 79 yillar Toshkent konservatoriyasida, 1979 yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida pedagog va xonandalik (an’anaviy ijrochilik) kafedrasi mudiri (198086). O’zbek, G’arbiy Yevropa, rus kompozitorlari operalarida 40 dan ortiq partiya ijro etgan: Bo’ron (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, “Bo’ron”), Hamza (S. Boboyev, “Hamza”), Shoh Bahrom, Nu’mon (M. Ashrafiy, “Dilorom”), Hoji darg’a (S. Yudakov, “Maysaraning ishi”), Robert, Onegin (P. Chaykovskiy, “Lolanta”, “Yevgeniy Onegin”), Figaro (J. Rossini, “Sevilya sartaroshi”) va boshqalar. Repertuaridan o’zbek kompozitorlarining asarlari o’rin olgan. Ijrochilik uslubida milliy va G’arb opera xonandalik an’analari uzviy ifodasini topgan. 1995 yildan Isroilda yashaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz