BENUA ALEKSEY LEONTEVICH



BENUA ALEKSEY LEONTEVICH (1838, Peterburg—1903, Krasnovodsk) — rus me’mori. Peterburg Badiiy Akademiyasini tugatgan (1865). 1874 yildan Toshkentda Sirdaryo viloyati me’mori lavozimida ishlagan. Toshkentda Yevropacha shakldagi ko’pgina binolar Bentos loyihasi asosida qurilgan: O’qituvchilar seminariyasi va uning cherkovi (1881, saqlanmagan), lyuteranlar cherkovi — Kirxa (1892-1906), shahar bog’ida hunarmandchilik sanoat ko’rgazmasi (1890) pavilonlari va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz