Bentonitlar




Bentonitlar , bentonitli gillar — asosan montmorillonit guruhiga mansub minerallardan iborat gillar. Baʼzan tosheovun ham deyiladi. B. tarkibiga montmorillonitdan tashqari gidroslyuda, kaolinit, paligorskit, seolitlar va boshqa ham kiradi. B. vulkanik tuf va kullarning suvda, asosan dengiz havzaaarida digenetik oʻzgarishi natijasida (qarang diagenez) hosil boʻladi. B. kristall tuzilishi qatqat, koʻp suv shima oladigan bulganligi uchun suv taʼsirida koʻpchiydi. B. sanoatda burgʻi qorishmalarini tayyorlashda, metallurgiyada, shuningdek tibbist va boshqa sohalarda ishlatiladi. B. Oʻzbekistonda (Shoʻrsuv, Azkamar, Koʻkayti, Dehqonobod), shuningdek Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina (Qrim ya. o.), Rossiya (Tatariston), Qozogʻistonda uchraydi. Qri.mda B.ni kil (gil) deb ataydilar.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz