Bensi




Bensi , Bensixu — Xitoyning shim.sharqidagi shahar. Tayszixe daryosi vodiysida, Lyaonin provinsiyasida. B.dan Shenyan — Andun temir yoʻl oʻtgan. Aholisi 751 mingdan ziyod kishi (1990- yillar oʻrtalari). Toshkoʻmir, gilli slanes va temir rudasiga boy konchilik rayonining markazi. B. mamlakat qora metallurgiya va temir rudasi, metallsozlik sanoatining muhim markazlaridan. Temir rudasi, choʻyan, sifatli poʻlat, sement va koks, oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqariladi. Yirik TETS va konchilik instituti bor.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz