Benjamin Yusupov
Benjamin Yusupov (ivritcha: בנימין יוסופוב;) – klassik bastakor, dirijyor va pianinochi.
Biografiyasi
Benjamin 1962-yili 22-noyabrda Tojikistonning Dushanbe shahrida tavallud topgan. U Moskvadagi Chaykovskiy nomidagi davlat konservatoriyasida oʻqib, u yerda Roman Ledeniov, Yuri Fortunatov va Dmitri Kitajenkolardan fortepiano, kompozitsiya va dirijyorlikdan tahsil oladi. Keyin Bar-Ilan universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, doktorlik darajasini olgan.
Yusupov Maxim Vengerov, Mischa Maisky, Vadim Repin, Alexander Kniazev, Maxim Rysanov, Sergei Nakariakov, Konstantin Lifschitz, Reinhold Friedrich kabi mashhur rassomlar bilan birgalikda hamkorlik qiladi.
Uning keng qamrovli katalogi Sikorski Musikverlag (Gamburg) tomonidan butun dunyo boʻylab nashr etiladi. Shuningdek, London filarmoniyasi, Myunxen filarmoniyasi, Isroil filarmoniyasi, Lucerne simfonik orkestri, Kopenhadagi filarmoniya, Orchester Filarmonique de Radio France, Bogota Filarmoniyasi, New World Symphony, NDR Radio-Filarmonie Gannover, Islandiya simfonik orkestri, Belgrad filarmoniyasi kabi taniqli sanʼatkorlar va orkestrlari tomonidan keng turda ijro etiladi.
Yusupovning 2005-yili „Viola tango“ rok konserti Gannoverdagi NDR radio-filarmoniyasi boshchiligida jahon premyerasi boʻlib oʻtgan. Bu premyera xalqaro miqyosida taniqli boʻlgan skripkachi Maxim Vengerov uchun yozilib, butun dunyoda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Musiqiy asar Maxim Vengerovning hayoti haqida soʻz etilgan boʻlib, „Orzu bilan yashash“ hujjatli filmida namoyish etilgan. Bu film EMI Classics tomonidan ishlab chiqarilib, butun dunyo boʻylab ommalashadi.
Shuningdek, Benjamin Yusupov violonchelchining 60 yilligiga bagʻishlangan violonchel konsertini yozadi. Uning premyerasi Mischa Maisky boshchiligida Lucerne simfonik orkestri bilan birgalikda muallif dirijyorligida oʻtkazilgan. Asar Lucerne simfonik orkestri, London filarmoniyasi va Isroil filarmoniyasi kabi uchta taniqli orkestr tomonidan tayyorlangan.
„Skripka ovozlari“ № 2 konserti skripka va orkestr uchun gʻayrioddiy gʻoyani bildiradi. Bu yakkaxonga turli tarixiy davrlarga oid boʻlgan turli geografik hududlardan ijro uslublarining oltita qismini ijro etishni taklif etadi. Musiqiy asar 2014-yili Trans-Sibir Art Festivalida Filarmonique de Radio France va Berliner Symphonicer orkestri tomonidan buyurtma qilinib, uni Vadim Repin ijro etadi.
Yusupov dirijyor sifatida KKL Lucerne, Berlin Filarmoniya zali, Amsterdam Concertgebouw, Prinzregententheatre Munich, Cologne filarmoniyasida ish olib borgan. Shuningdek, u Lucerne simfoniyasi, Sloveniya filarmoniyasi, Sinfonietta Amsterdam, Bogota filarmoniyasi, Islandiya simfoniyasi, Novosibirsk filarmoniyasi, Quddus simfoniyasi, Bolgariya milliy radio orkestriga dirijyorlik qiladi.
Mukofotlari
Benjamin Yusupov quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan:
Tanlangan asarlari
Orkestr
Konserti
Instrumental kamera musiqasi
Vokal
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org