Benjamin Pavard




Benjamin Pavard (talaffuzi: Benjamin Pavard; 1996-yil 28-martda Fransiyada tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Germaniyaning „Bayern München“ futbol klubi himoyachisi. Fransiya terma jamoasi futbolchisi.

Klublardagi faoliyati



Pavard olti yoshida futbol oʻynashni boshlagan. Toʻqqiz yoshida u „Lille“ futbol klubi akademiyasiga koʻchib oʻtgan va uni 2015-yilda tugatgan.

2014-yildan buyon „Lille“ futbol klubining o‘yinchisi boʻlgan. 2014-yilning 30-avgustida „Arras“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan va ikki mavsumda jami 19 ta uchrashuv o‘tkazgan. 2014—2015-yilgi mavsumdan boshlab u asosiy jamoada faoliyat olib borgan. 2015-yilning 31-yanvarida u „Nantes“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. Hammasi boʻlib, u debyut mavsumida sakkizta oʻyin oʻtkazgan. 2015—2016-yilgi mavsumda u 13 ta oʻyinda ishtirok etgan edi. U asosiy zaxira oʻyinchisi edi va koʻpincha asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinchilar jarohat olganda, ushbu oʻyinchi ularning oʻrniga maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati



Benjamin Pavard Fransiyaning yoshlar terma jamoalariga jalb qilingan. U 2015-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan hamda ikkita uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa bilan birgalikda yarim finalga chiqdi. Benjamin Pavard 2017-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida ham ishtirok etgan.

2017-yilning kuzida Benjamin Pavardni Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari tarkibiga kiritgan. Benjamin Pavard xalqaro maydondagi debyutini 10-noyabr kuni o‘tkazgan va Germaniyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.

Futbolchi Argentina terma jamoasi darvozasiga ham gol urgan, keyinchalik bu gol turnirning eng yaxshi goli deb topilgan.

Statsitika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz