Benjamin White
Benjamin William White (1997-yil 8-oktabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premer-liganing “Arsenal” klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. White oʻzining katta klubdagi faoliyatini 18 yoshida 2016-yilda "
Brighton & Hove Albion "da boshlagan. U 2016 va 2019-yillar oraligʻida "Newport County", "Peterborough United" va "
Lids Yunayted "da ketma-ket ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik u toʻrt yil Angliya professional ligasida oʻynadi va "Lids" bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi. "Brayton" bilan bir mavsumdan soʻng, White 2021-yilda "Arsenal"ga 50 million funt sterling miqdoridagi transferni imzoladi. White 2021-yilda 23 yoshida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va UEFA Euro 2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibga kiritilgan.
Milliy jamoadagi karyerasi
2021-yilning 25-mayida White Angliyaning UEFA Euro 2020 uchun 33 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritildi, turnir COVID-19 pandemiyasi natijasida keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yilning yozida boʻlib oʻtdi. Bu Whitening milliy terma jamoadagi birinchi chaqiruvi edi. U 1-iyun kuni tarkibdan chiqarib yuborilgan yetti nafar futbolchidan biri edi, ammo qisqartirilgan futbolchilar Avstriya va Ruminiyaga qarshi ikkita tayyorgarlik oʻyinida jamoada qolishdi. White Angliyadagi debyutini 2-iyun kuni Avstriyaga qarshi oʻyinda (1:0) Grealishning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi. U Alessandro Schöpfning chiziqdan yoʻllagan zarbasini bartaraf etib, hisobni tenglashtirishga toʻsqinlik qildi. U Angliya terma jamoasida oʻynagan beshinchi "Brayton" oʻyinchisiga aylandi va 2018-yilning noyabrida "Albion" jamoasidagi doʻsti va sardori Lyuis Dank terma jamoa safiga qoʻshilganidan soʻng uch yillik ichidagi ikkinchi oʻyinchi bo'ldi. U oʻzining birinchi asosiy tarkibdagi oʻyinini (umumiy hisobda ikkinchi oʻyin) 6-iyun kuni Ruminiya jamoasiga qarshi oʻtkazdi va butun oʻyin davomida maydonda harakat qildi. Oʻyinda Angliya jamoasining 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordamlashdi. 7- iyun kuni White Yevro-2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibda jarohat olgan Trent Aleksander-Arnoldning oʻrnini egalladi. Angliya chempionatda ikkinchi oʻrinni egallagan turnirda White maydonga biror marta tushirilmadi. Biroq, bosh murabbiy Southgate maydonga tushmagan oʻyinchilarni ham maqtadi.
O'yin uslubi
White yaxshi texnik qobiliyatga ega boʻlgan markaziy himoyachi sifatida tanilgan va sobiq bosh murabbiy Michael Flynn tomonidan oxirigacha oʻynash uslubi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. White oʻzini "xotirjam" oʻyinchi sifatida taʼriflaydi. White, shuningdek, toʻp bilan oldinga, xujumga oʻtishlari bilan ham koʻpchilikning etiborini tortgan. Bu harakatlari sababli dastlabki murabbiyi Michael Flynn uni yarimhimoya hamda oʻng qanot himoyasida ham oʻynatgan.
Arsenal klubidagi karyerasi
2021-yilning 30-iyulida White 50 million funt sterling evaziga Premer-liganing “Arsenal” klubi bilan shartnoma imzoladi. U 13-avgust kuni Premer-liganing 2021-22 yilgi mavsumining ochilish oʻyinida debyut qildi va bu oʻyinda jamoasi bilan Premer-ligaga yangidan qoʻshilgan "Brentford"ga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. White 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan "Arsenal"ning navbatdagi oʻyinida, londonlik raqib "Chelsi"ga qarshi oʻyinda, ijobiy COVID-19 testi tufayli oʻtkazib yubordi. U 11-sentabr kuni jamoa safiga qaytganidan soʻng, "Emireyts" stadionida debyutini oʻtkazdi va "Norvich Siti" ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi. White oʻzining birinchi Shimoliy London derbisida "Tottenhem"ga qarshi 26-sentyabr kuni oʻynadi, u butun 90 daqiqa davomida maydonda boʻldi. Bu oʻyinda "Arsenal" 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2-oktyabr kuni White "Brayton"ni tark etganidan keyin "Falmer" stadioniga birinchi marta qaytdi va u yerda "Arsenal" uchun toʻliq oʻyinni oʻtqazdi va sobiq jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durang natijani qayd etdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org