Benjamin Franklin




Benjamin Franklin (17-yanvar 1706-yil [E.U. 6-yanvar 1705-yil] — 17-aprel 1790-yil) AQShning asoschi otalaridan biridir. U yozuvchi, bosmaxonachi, siyosiy faylasuf, siyosatchi, mason, pochtmeyster, olim, ixtirochi, yumorist, faol, davlat arbobi va diplomat boʻlgan. Olim oʻlaroq u elektr energiyasiga oid kashfiyotlari va nazariyalari ortidan Amerika maʼrifatparvarlari va fizika tarixida ahamiyatli shaxs boʻlgan. Ixtirochi oʻlaroq u yashinga qarshi uskuna, bifokal linza, Franklin pechkasi va shu kabi boshqa ixtirolari bilan tanilgandir. U koʻplab fuqarolik tashkilotlarini, jumladan Library Company, Filadelfiyaning ilk oʻt oʻchirish departamenti va Pensilvaniya universitetini tashkil etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz