Benjamin Anthony Foster




Benjamin Entoni Foster (inglizcha: Benjamin Anthony Foster1983-yil 3-aprelda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi va darvozaboni hisoblanadi. Angliya terma jamoasida ham faoliyat olib boradi.

„Manchester United“ safida



2005-yil 19-iyulda Ben 1 million funt sterling evaziga „Stok City“dan „Manchester United“ga oʻtgan. Foster 2005-yildan 2007- yilgacha „Uotford“da oʻynagan. „Uotford“ bosh murabbiyi Endi Butroyd Foster „Manchesterning hozirgi darvozaboni Edvin van der Sardan yaxshiroq“ ekanligini aytgan va Foster dunyoning eng yaxshi darvozaboni boʻlishi mumkinligiga ishonch bildirgan. Ser Aleks Fergyusonning fikricha, Ben Foster Edvin van der Sar ketganidan keyin „United“ning „birinchi raqamli“, shuningdek, Angliyaning birinchi raqamli darvozaboni boʻlishi lozim edi.

2007-yilning yozida Foster oʻng tizzasida operatsiya qilingandi. Ben 2008-yilning boshida toʻliq mashgʻulotlarni boshlagan va u faqat 6-mart kuni „ManchesterUnited“ va „Midlsbro“ zaxira oʻyinida maydonga tusha olgan. Foster „United“dagi debyutini 1-5mart kuni „Derbi Caunti“ga qarshi oʻtkazgan.

„Birmingem City“



2010-yilda Ben „Birmingem City“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Darhol tarkibga kirib, u jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan. „Chelsea“ga qarshi oʻyinda Drogbaning zarbasini Benks uslubi qaytargan. Uchrashuv 1:0 hisobida birmingemlik futbolchilar foydasiga hal boʻlgan.

„Vest Bromvich Albion“



2011-yilning yozida „Vest Bromvich“ga ijaraga berilgan va 2012-yilning 29-iyunida „Blackbirds“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati



Fosterning ilk xalqaro chaqiruvi 2006-yilda Angliya terma jamoasi Stiv Maklaren qoʻl ostida Gretsiyaga qarshi oʻynaganida sodir boʻlgan. Ben milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ispaniya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan, u inglizlarning 0: 1 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlandi. 2008-yilning sentyabr oyida zaxira oʻyinida toʻpigʻidan jarohat olgan hamda 2 oyga safdan chiqgan.

Statistika




Yutuqlari



„Manchester United“

„Birmingem City“

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz