Benin davlat madhiyasi




"Yangi kunning shafaqi"  — Benin davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya soʻzlari Father Gilbert Jean Dagnon tomonidan yozilgan va madhiyaning bastakori ham Father Gilbert Jean Dagnon hisoblanadi. Madhiya 1960-yilda Dagomeya Respublikasi Fransiyadan mustaqillikka erishgandan soʻng qabul qilingan.

1975-yilda Dagomeya Respublikasi Benin Xalq Respublikasiga aylanganidan keyin madhiya saqlanib qoldi, biroq madhiyada mavjud Dahomey va Dahoméen kabi soʻzlari Benin va Beninois soʻzlariga oʻzgartirildi.

Qoidalar



Benin milliy madhiyasi odatda milliy bayramlarda, xususan, Beninda mustaqillik kunini nishonlashda yangraydi yoki kuylanadi. Bu, shuningdek, Benindagi madaniy va boshqa bayramlarda, odatda, bunday festivallarning boshlanishi yoki tugashini belgilaydi.Benin milliy madhiyasi, shuningdek, Olimpiya oʻyinlari va maktab sport tadbirlari kabi global sport tadbirlarida tez-tez ijro etiladi. Benin milliy madhiyasi, Beninning boshqa umummilliy ramzlari singari, Benin va uning fuqarolarining anʼanalari, tarixi va eʼtiqodlarini oʻzida mujassam etgan. Bu Benin fuqarolari orasida vatanparvarlik tuygʻularini uygʻotishga yordam beradi va ularga Beninning ulugʻvorligi, jozibasi va boy merosi haqida guvohlik beradi. Benin milliy madhiyasi ijrosi paytida Benin aholisi, etnik farqlariga qaramay, birdamlikda turishadi va diqqat bilan tinglashadi yoki mahiyani katta ishtiyoq bilan kuylashadi. Bu ularda birdamlik ramzi hisoblanadi. Maktablarda Benin davlat madhiyasi doimo kuylanadi va oʻquvchilar oʻz mamlakatini qadrlashni oʻrganadilar va oʻzaro birlik hissini oʻrnatadilar.

Matn



Fransuz tilida




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz