Benik Afobe




Benik Tunani Afobe (1993-yil 12-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi, EFL chempionatining „Millwall“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. U 2017-yildan 2018-yilgacha Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi sharafini olti marta himoya qilgan.

Afobe 2010-yilning fevral oyida "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi va 2015-yilning yanvarida „Wolverhampton“ bilan shartnoma imzolashdan oldin „Huddersfeld Town“, „Reading“, „Bolton Wonnderers“, „Millwal“, „Sheffild Wendeders“ kabi turli klublarga ijaraga berildi. Bir yil oʻtib, u „Bournemouth“ bilan 10 million funt sterlingga shartnoma imzoladi. U 2019-yil yanvar oyida doimiy almashmasdan oldin „Stoke City“ga ijara asosida qoʻshildi.

Afobe 2010-yil may oyida 17-yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasining bir qismi edi.

Yoshlik



Afobe Londonning Leyton shahrida tugʻilgan va Dagenhamda oʻsgan va u yerda Monteagle boshlangʻich maktabi va Jo Richardson jamoat maktabida oʻqigan. U olti yoshida „Arsenal“ akademiyasiga qoʻshildi. 2001-yil 1-mayda „Arsenal“ga oʻtgan. U 2007—2008 yilda U16 tarkibida 40 ta, 2008—2009 yilda 13 ta oʻyinda 11 ta, 2009—2010 yillarda esa Arsenal U18 tarkibida 24 ta oʻyinda 21 ta gol urgan. U „Arsenal“ning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari orasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xalqaro maydonlarda



Angliya yoshlar jamoasi tarkibida



Afobe 2005-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi sardori boʻlgan. 2008-yilda Afobe Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida boʻlib, uchta oʻyinda toʻrtta gol urgan. U, shuningdek, 2010-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchisi edi. The Guardian sport blogi uni „eng yaxshisi“ deb atagan. U 2010-yilning avgust oyida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qoʻshildi.

2011-yil iyun oyida Afobe Kolumbiyada boʻlib oʻtadigan FIFA U20 Jahon chempionati uchun Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirildi. Biroq, u „Arsenal“ tomonidan Germaniyadagi mavsumoldi lageriga qoʻshilish uchun jamoadan olib tashlandi. Avgust oyida Afobe Angliya U21 terma jamoasidan „Manchester United“dan Denni Uelbek oʻrniga chaqirilgan edi, biroq u jarohati tufayli safdan chiqdi.

2015-yilning 18-iyunida u 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2015-yilgi Yevropa chempionatida jarohat olgan Saido Berahino oʻrniga chaqirildi..

Kongo Demokratik Respublikasi



Afobe, shuningdek, ota-onasi orqali Kongo DR vakili boʻlish huquqiga ega edi. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga, 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida 2016-yil mart oyida Angolaga qarshi oʻyinga chaqirilgan. 2016-yilning noyabrida Afobe hujjatlarni rasmiylashtirib boʻlmagani uchun Kongo Demokratik Respublikasida qatnasha olmaganini maʼlum qildi.

Afobe 2017-yil 5-iyun kuni Botsvana bilan oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Kongo DR termasidagi debyutida gol urdi.

Shaxsiy hayot



Afobe Kongolik boʻlib, xotini Lois ularning ikki qizi bor. Uning Amora ismli qizi bor edi, u 2019-yil noyabr oyida ikki yoshida vafot etdi. Amora kutilmaganda sepsis tufayli kasalxonada vafot etdi.

Uning yana bir qizi bor, uning Alba ismli katta singlisi vafot etganida endigina bir yoshda edi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz