Beni Baningime




Beni Tangama Baningime (1998-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — Kongolik professional futbolchi, Shotlandiya Premer ligasining Heart of Midlothian klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Baningime Kinshasaning Lemba tumanida oʻsgan.

Klubdagi faoliyati



Everton



Baningime Evertonga 9 yoshida kelib qoʻshilgan. U klub akademiyasini tamomlagan va Everton FC zahiralari va akademiyasida ishlagan vaqtida Premer liga 2 va Dallas kubogi kabi sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Baningime shuningdek, 2016/17-yilgi mavsumda Everton FC zahiralari va Akademiyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Baningimening kattalar safida debyuti 2017-yil oktyabr oyida Chelseaga qarshi Liga kubogi oʻyinida boʻlgan. Baningime Premer-ligadagi debyutini 2017-yilning 29-oktyabr kuni Leiceter Cityga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi.

2019-yil yanvar oyida u mavsum oxirigacha Wigan Athleticga ijaraga berildi.

2021-yilning 1-fevralida Baningime 2020−21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Derby County klubiga ijara asosida qoʻshildi va Evertonning sobiq futbolchisi, murabbiy Wayne Rooney bilan faoliyatini davom ettirdi. Ikki kundan soʻng, u Rams safida Graeme Shinnie oʻrniga Rotherham Uniteddan 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qildi.

Hearts



2021-yil, 29-iyulda Baningime Shotlandiya Professional Futbol Ligasining Heart of Midlothian klubiga nominal toʻlov evaziga qoʻshildi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Baningime Hearts safidagi debyutini oʻz uyida Celticga qarshi 2:1 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi, oʻsha kuni Celtic safida toʻliq oʻyinni oʻtkazdi va Man of the Match (eng yaxshi oʻyinchi) mukofotini qoʻga kiritdi.

Shaxsiy hayoti



Baningimening ukasi Divin Baningime ham futbolchi boʻlib, u yaqinda Wigan Athleticda oʻynagan.

Baningime xristian. U har bir oʻyin oldidan ibodat qiladi va Injilni oʻqiydi.

Faoliyat statistikasi



2022-yil, 19-mart holatiga ko'ra[17]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz