Bengal mushugi (yovvoyi tur)
Bengal mushugi yoki
mitti mushuk yo
Uzoq Sharq mushugi (lotincha: Prionailurus bengalensis) – kichik mushuklar oilasiga mansub mushuklarning bir turi. Bengal mushuklarining vatani Janubiy va Sharqiy Osiyodir. Ularning kattaligi uy mushuginikiga oʻxshaydi va ular keng hududlarda turli xil ranglarida uchraydi.
Tashqi koʻrinishi
Bengal mushuklarining koʻrinishi juda xilma-xildir. Primorsk oʻlkasidagi populyatsiyasi Indoneziya orollaridagi populyatsiyasiga qaraganda butunlay boshqacha koʻrinishga ega. Janubdagilarining yungi asosan leopardlarnikiga oʻxshab sariq, shimolda esa asosan kulrang-jigarrang. Terisi moʻynali qora dogʻlar bilan qoplangan, boshida qora chiziqlari bor. Shimoliy populyatsiyalarida yungdagi dogʻlar doira shaklida boʻlsa, janubiy populyatsiyalarda ular qora. Bengal mushuklarining oʻlchami 65 sm (Yava oroli) dan bir metrgacha (Primorsk oʻlkasi), jumladan quyrugʻi 20-40 sm gacha yetadi.
Tarqalishi
Bengal mushuklari asosan suv yaqinida yashaydilar. Xuddi ignabargli oʻrmonlar, savannalar yoki togʻlarda boʻlgani kabi tropik oʻrmonlarga ham yaxshi moslashadi. Ular aholi punktlariga yaqin yurishdan choʻchishadi va baʼzan ekin maydonlarini kesib oʻtishi mumkin.
Bengal mushuklarining tarqalish hududi Amur viloyati, Koreya va Xitoydan Hindiston, Pokiston va Indoneziyagacha choʻzilgan. Jeju, Tsusima, Tayvan, Xaynan, Sumatra, Yava, Kalimantan, Bali, Lombok va Filippindagi baʼzi orollarda yashaydi. Janubi-Sharqiy Osiyo orollarida Bengal mushuklarining koʻplab kenja turlar tarqalgan, ammo baʼzida ularni zoologlar alohida turlar deb hisoblashadi.
Ovlanishi
Bengal mushugi Xitoyda qimmatbaho moʻynasi uchun ovlanadi. Uning Yevropaga importi toʻxtatilgan, ammo katta miqdorda hali ham Yaponiyaga eksport qilinmoqda. Umuman olganda, Bengal mushugi xavf ostida emas, lekin baʼzi hududlarda allaqachon noyob hayvonga aylangan.
Gibridi
AQShda uy mushuki bilan chatishtirilgan holda, Bengal deb nomlangan yangi zot olingan.
Kenja turlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org