Benedikt XVI




Benedikt XVI , tugʻilgan nomi Joseph Aloisius Ratzinger (talaffuzi: Yozef Aloyzius Ratsinga; 16-aprel 1927, Marktl, Germaniya — 31-dekabr 2022, Vatikan) — Rim papasi (2005-2013), Rim katolik cherkovi va Vatikan davlati boshligʻi. Fuqarolik nomi — Yozef Ratsinger. Myunxen universiteti huzuridagi Ilohiyot institutini tugatgach, 1951-yili ruhoniy rutbasini qabul qildi. 1952—1977 yillarda Germaniyadagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi. 1977-yildan Myunxen va Frayzing arxiyepiskopi, shuningdek, kardinal. 1981—2005-yillarda diniy taʼlimotlar boʻyicha kongregatsiya (boshqaruv organi) prefekti, Vatikan kardinallari hayʼati dekani (2002—2005). 2005-yil 19-aprelda Rim papasi va Rim katolik cherkovi boshligʻi etib saylandi hamda Benedikt XVI nomini oldi va 2013-yilgacha xizmat qildi. Rim papalari ichida eng uzoq yashagan shaxs sifatida rekord oʻrnatgan. Kelib chiqishi nemis boʻlgan ilk Rim papasi (soʻnggi ming yil ichida).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz