Benedict McCarthy




Benedict Saul „Benni“ McCarthy (talaffuzi: Benedikt Saul „Benni“ Makkarti; 1977-yil 12-noyabrda Cape Townda tugʻilgan) — Janubiy Afrikalik hujumchi. Janubiy Afrika terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar. 1998-yilda Afrika Millatlar Kubogining kumush medal sovrindori va eng yaxshi toʻpurari, 2003—2004-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Klublardagi faoliyati



Benedict McCarthy qashshoq va kriminallashgan hududida voyaga yetgan. Oilada u bir juft etikni akasi Jerom bilan boʻlishib kiygan va shunday ogʻir sharoitda ulgʻaygan. U Angliya premyer ligasi oʻyinlarini televizorda koʻrishni yaxshi koʻrgan va u „Manchester United“ futbol klubigaga muxlislik qilgan.

Benedict McCarthyning birinchi jamoasi amakilari tomonidan boshqariladigan „Young Pirates“ futbol klubi edi. Keyin u „Crusaders“ havaskorlar klubining oʻsmirlar jamoasida oʻynagan. 1995—1996-yilgi mavsumdan boshlab u oʻzining professional faoliyatini „Seven Stars“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik Benedict McCarthy „Cape Town Spurs“ jamoasi bilan birlashib, Amsterdamning „Ajax“ farm klubi boʻlgan „Cape Town Ajax“ futbol klubini tashkil qilgan. 1997—1998-yilgi mavsumda Gollandiyaliklar janubiy afrikaliklarga 1 million dollar toʻlab, Benedict McCarthyni oʻz jamoalariga taklif qilishgan. Keyingi mavsumda u „Ajax“ bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.

2006—2010-yillarda u Angliyaning „Blackburn Rovers“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yil 1-fevralda u faoliyatini „West Ham United“ futbol klubida davom ettirgan. 2010-yilning yanvar oyidan beri Benedict McCarthy „West Ham United“ safida bor-yoʻgʻi 13 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan. Bunday yomon natijaga uning ortiqcha vazni sabab qilib koʻrsatilgan.

Xalqaro faoliyati



1997-yilda Benedict McCarthy Afrika yoshlar chempionatida qatnashib, kumush va jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

1998-yilda Afrika Millatlar Kubogida 7 ta gol urib, ushbu turnirning eng yaxshi toʻpurari unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, u turnirda kumush medalni ham qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi Jahon chempionatida u oʻz terma jamoasining uchta oʻyinida qatnashib, Daniya terma jamoasi darvozasiga bitta gol urgan va oʻsha uchrashuvda yakuniy hisobni oʻrnatgan (1:1). Shunday qilib, Benedict McCarthy bolalikdagi orzusini amalga oshirib, oʻz kumiri Peter Shmeyxel jamoasi darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2002-yilgi Jahon chempionatida Benedict McCarthy turnirdagi barcha 3 ta oʻyin oʻtkazgan va yakunda ispanlarga 3: 2 hisobida magʻlub boʻlishgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz