Bender




Bender (Benderi) — Moldaviya Respublikasidagi shahar. Dnestr daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1991). Bender— respublikaning sanoat markaparidan biri. Oziq-ovqat, yengil sanoat (goʻsht kombinati, yogʻ, vino, konserva zavodlari, shoyi kombinati, ip yigirish, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), mashinasozlik, "Moldgidrolizmash" ishlab chiqarish birlashmasi, "Elektroapparatura", kabel, kema tuzatish, kemasozlik zavodlari, yengil sanoat texnikumi, tibbiyot bilim yurti, tarixoʻlkashunoslik muzeyi suratlar galereyasi bor. Benderga 15-asrda qalʼa sifatida asos solingan. 1538-yilgacha va 1918 — 40 yillarda Tigina deb atalgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz