Ben Olsen
Benjamin Robert „Ben“ Olsen (talaffuzi: Benjamin Robert "Ben" Olsen; 1977-yil 3-mayda AQShda tugʻilgan — amerikalik futbolchi va murabbiy. 10 yil davomida u „DC United“ bosh murabbiyi boʻlgan. Ben Olsen oʻzining professional faoliyatining koʻp qismini MLSda „DC United“ jamoasida oʻtkazgan. Klubdagi 12 mavsumda u ikkita MLS kubogi va bir qator boshqa kuboklarni qoʻlga kiritgan.
Klublardagi faoliyati
Virjiniya universiteti futbol jamoasida uch yil oʻynab, 31 marta gol urgan va 41 golga assistentlik qilgan. 1997-yilda „Soccer America“ jurnali tomonidan eng yaxshi kollej oʻyinchisi deb topilgan. 1997-yil 27-dekabrda u „DC United“ futbol klubiga oʻtgan. Ben Olsen 4 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan MLSda yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan. Keyingi mavsumda u yanada yaxshi oʻynagan. 26 ta oʻyinda u 5 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan va shu tariqa klub MLS kubogini uchinchi marta yutgan va futbolchi Kubokning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yil Ben Olsen „Nottingham Forest“ futbol klubiga ijaraga berilgan. U darhol muxlislarning sevimli futbolchisiga aylangan. Jarohat olganligi sababli u 18 oyni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Olsen nihoyat 2003-yilda „DC United“ futbol klubiga qaytgan. Mavsum davomida u 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 5 ta gol urgan. Keyingi mavsumda oʻynab, 2009-yil 20-noyabrda Ben Olsen professional futboldan ketishini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
Mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi boʻlganidan koʻp oʻtmay, Ben Olsen AQSh terma jamoasiga chaqirilgan. Biroq jarohatlar uning jamoada mustahkam o‘rin olishiga to‘sqinlik qilgan.
2005-yilda u jamoa bilan CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan.
Murabbiylik faoliyati
Katta futboldagi faoliyatini yakunlagach, Olsen „DC United“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan. 2010-yil 29-noyabrda klub bosh murabbiyi boʻlgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org