Ben Kristal




Ben Kristal (1977-yilda tug'ilgan) - ingliz aktyori, muallifi va prodyuseri, Uilyam Shekspir rolini ijro etishi va uni targ'ib qilishi va asl an'analarni moslashtirish bo'yicha qilgan ishlari bilan mashhur.

Hayoti va ijodi



Kristal Berkshirning Ascot shahrida tug'ilgan, tilshunos Devid Kristalning o'g'li va u Shimoliy Uelsdagi Uokingem va Xolixed shaharlarida voyaga yetgan. U 1995-1998 yillarda aktyorlik malakasini oshirishidan oldin Lankaster universitetida ingliz tili va tilshunoslik fanini oʻrgangan.

Aktyorlik va kuratorlik



Uning aktyorlik faoliyati 2006-yil yoz mavsumida 'Shakespeare's Globe' teatrida Titus Andronik rolini ijro etishi bilan boshlandi.

U 'Shakespeare's Globe' teatri, Savanna musiqa festivali va Shvetsiya radiosi simfonik orkestri uchun tashkil etilgan Shekspir tadqiqotlariga rahbarlik qilgan.

U 2010-yilda 'Passion in Practice' deb nomlangan Shekspir ansamblini yaratdi va 2016-yilgacha unga kuratorlik qildi

2013-yilda Britaniya kutubxonasi tomonidan ommaga taqdim etilgan kompakt disklarning kuratori, prodyuseri va kreativ direktori sifatida u Shekspir nutqlari va sonetlarini asl talaffuzda yozib olgan. bundan tashqari u 2016-yilda Britaniya kutubxonasida Shekspirning tugʻilgan kuni sharafiga o'tkazilgan bayramni nishonlashda kuratorlik qilgan.

2014-yilda 'Passion in Practice' ilk marotaba Owle Schreame mukofotlaridan biriga innovatsiyasi sababli sazovor bo'ldi chunki, ular tarixiy teatrdagi spektakllarda Shekspir talaffuzining asl nusxasidan foydalanishgan.

Kristal 2018-yildan beri Shekspir ansamblining kuratori sifatida ishlab keladi. 2018-yilning yozida u besh kun ichida "A Midsummer Night's Dream"f kitobini ekranlashtirilgan filmini yaratish uchun Shimoliy Uelsga rassomlarni taklif qildi. 'Dreame' loyihasi hamma uchun bepul boʻlib, 16-asr lyut musiqasidan foydalanilgan, 5 metr balandlikdagi Bunraku qoʻgʻirchoqlari, masxarabozlar palubasi yordamida tomoshalar qo'yishgan. Tomosha oxirida esa tomoshabinlar va ansambl mahalliy oziq-ovqat bilan ta'minlangan.

2019 yilgi Yaponiya gastrollarida ular 7 kun ichida 3 ta spektakl qo'yishdi. Elizabet davrida qo'llanilgan mashq amaliyotlarini zamonaviy tarzda qayta ishlashdan foydalangan holda, ular har bir pardada rollari orqali o'sha davrni qayta tasavvur qilishdi va zamonaviy Kabuki amaliyotlaridagi rezonanslarni mamnuniyat bilan qabul qilishdi.

2020-yilda Shekspir ansambli masofadan turib hamkorlik qilishni yo'lga qo'ydi va raqamli sanʼatni tajriba qilib ko'rish uchun 2020-yilda “What You Will” deb nomlangan eksperimental virtual teatr tomoshasini ommaga namoyish qildi. Bu "raqamli teatrning navbatdagi qaytishi" sifatida maqtovga sazovor bo'ldi, chunki sayr qilish teatri uslubi tomoshabinga hikoya qilish yo'nalishini tanlashga imkon berardi. 2020-yilda Ben Kristal The Two Gentlemen of Verona ga kirish sifatida The Show Must Go Onlinenomli onlayn serialida ko'rinish bergan va Timon of Athensda bosh rolni oʻynagan.

Asl talaffuz



U otasi Devid Kristal bilan Globe teatrida asl talaffuzda pyesalar namoyish qilish bo'yicha maslahatchi sifatida ishlagan va ular 2014–2016 yillarda yangi yozib tugallangan Sam Wanamaker Playhouse nomli pyesani asl talaffuzda 'Shakespeare's Globe'da sahnalshtirishgan.

Otasining ishlaridan so'ng, u tez-tez asl talaffuzning tabiatini o'rganib chiqdi.

Kristal Richard III ning tadbir ochilish nutqini 2010-11 yillarda Britaniya kutubxonasining Rivojlanayotgan ingliz ko'rgazmasi uchun yozib oldi.

Shuningdek, u boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlikda asl talaffuzda spektakllarida rol ijro etgan, masalan, Gamlet va Richard II, filmlarida bosh rollarni o'ynagan va o'zi boshlagan yoki ishtirok etgan ansambllar orqali asarlar yaratgan.

2014-yilda u 'Sam Wanamaker Playhouse'da Makbet spektaklini asl talaffuzda namoyish qildilar. U ushbu loyihani Wanamakerda 2015-yilda Genri V va 2016-yilda doktor Faustus spektakllari bilan davom ettirdi. 2015-yilda uning kompaniyasi bo'lgan 'Crystal' ansambli Stokgolmdagi Shvetsiya radio simfonik 'Bervaldhallen' orkestrida Daniel Hardingning 'Interplay' festivalida Periklni namoyish etishdi va bosh rolni Kristal gavdalantirdi. Ular Savanna musiqa festivalida ham yana chiqish qilishdi.

Asarlari va suhbatlari



Kristalning 'Shakespeare on Toast: Getting a Taste for the Bard' nomli kitobi 2010 yilgi Ta'lim beruvchi Yozuvchilar mukofotiga nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan. Bu kitob nashr etilganidan beri u Shekspir ijodi bo'yicha seminarlar va suhbatlar o'tkazdi.

Kristal, shuningdek, otasi bilan birgalikda bir nechta kitoblar yozgan. Ular Charlz Talbut Onion tomonidan yozilgan 'A Shakespeare glossary' kitobida bir qator kamchiliklar borligini aniqlagandan so'ng "Shakespeare's Words: A Glossary and Language Companion" kitobini yozishni boshladilar. Uning boshqa asarlar orasida'The Oxford Illustrated Dictionary of Shakespeare' ham bor, ikkinchisi 2016 -yilda “Yilning eng yaxshi taʼlim beruvchi yozuvchisi” mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan

2014-yilda Shekspir tavalludining 450 yilligini nishonlash uchun Britaniya Kengashi va Ingliz tilida so'zlashuvchilar ittifoqi Kristalni "Shekspirning yorqin va chiroyli ingliz tilisida gapirish" nomli nutq so'zlashga undashdi u ushbu ma'ruzasini 2019-yilda Yorkda yana qayta so'zladi.

2017-yilda esa Kristal "Asl amaliyot - Shekspirning mahorati" deb nomlangan TED ma'ruzasida ham nutq so'zladi.

Nashrlar



Ben Kristal mualliflik qilgan asarlari:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz