Ben Doak
Ben Gannon Doak (2005-yil, 11-noyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, "Liverpool" klubida qanot himoyachisi va himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Doak oʻz faoliyatini „Ayr United“ va „Celtic“ klublariga oʻtishidan oldin, ona shahrining „Dalry Rovers“ klubida boshlagan. 2021-yil, 26-dekabrda Doak 16 yoshga to‘lganiga bir oy oʻtib, „Celtic“ klubi safida „St Johnstone“ klubiga qarshi safardagi 3:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan oʻyinning zaxiradan o‘rindigʻidan joy oldi. 2022-yil, 29-yanvarda Doak „Celtic“ safida debyut qildi va Shotlandiya Premyer-ligasining „Dundee United“ klubiga qarshi oʻyinda 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Doak 2022-yilning mart oyida "Liverpool" bilan shartnoma imzoladi, „Celtic“ klubi Doakni klub safidagi mashgʻulotlar uchun taxminan 600 ming funt tovon puli oladigan boʻldi. 2022-yil, 9-noyabrda Doak „Liverpool“ safidagi debyutini"Enfield"da 2022-23-yilgi Angliya liga kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi "Derby County" klubiga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasi yakuniga koʻra 3:2 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinning 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Besh kundan soʻng Doak 17 yoshga toʻlgani munosabati bilan „Liverpool“ bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi.
Xalqaro faoliyati
2021-yil, 2-sentyabrda, avvalroq 16 yoshgacha bo‘lgan Shotlandiya yoshlar terma jamoasi tarkibida, keyinchalik 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan va Uelsga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda terma jamoa tarkibiga kiritilgan. U Shotlandiya U-17 terma jamoasiga 2022-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagi Yevropa chempionatiga yoʻllanma qoʻlga kiritishga yordam bergan, ammo jarohati tufayli turnirni oʻtkazib yuborgan.
Doak birinchi marta 2022-yilning sentyabrida Shotlandiya U-21 terma jamoasiga 16 yoshida kiritilgan. U 2022-yilning 22-sentyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va yetti daqiqa ichida gol urgan. Shu tariqa u Shotlandiya U-21 termasi safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil, 9-noyabr holatiga ko'ra[15]
Shaxsiy hayoti
Uning bobosi Martin Doak ham futbolchi boʻlib, Greenock Morton kabi jamoalarda oʻynagan.
Yutuqlari
Celtic Manbalar
uz.wikipedia.org