Ben Barclay




Benjamin Philip Barclay (talaffuzi: Benjamin Filipp Barklay) (1996-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ben Barclay „Carlisle United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Barclay markaziy himoyachipozitsiyasi bilan bir qatorda yarim himoyachi pozitsiyasida ham oʻynay oladi.

Faoliyati



Brighton & Hove Albion



Ben Barclay muntazam ravishda „Brighton & Hove Albion“ futbol klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻynagan. U klubning asosiy jamoasi tarkibiga qoʻshilishidan oldin Premyer liganing „Sussex“ futbol klubi safida bir qator oʻyinlarda ishtirok etgan. Shundan soʻng, Ben Barclay klubning 2018—2019-yilgi mavsumi uchun 25 kishilik tarkibiga kiritilgan. Ben Barclay „Brighton“ futbol klubi safidagi dastlabki oʻyinini 2018-yilning 29-avgustida oʻtkazagn.

Notts County (ijara)
2019-yilning 4-yanvarida Ben Barclay mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida „Notts County“ futbol klubiga oʻtgan. Barclay „Notts County“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini „Colchester United“ futbol klubiga qarshi Ikkinchi liga oʻyinida (klub safiga qoʻshilganidan bir kun oʻtib) oʻtkazgan. 2019-yilning 19-aprelida Barclay oʻzining klub safidagi birinchi golini 90+4-daqiqada „MK Dons“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan.

Albion klubidan ketish
Ben Barclay 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Brighton & Hove Albion“ futbol klubini tark etgan.

Accrington Stanley



2019-yil 16-iyulda Barclay „Accrington Stanley“ futbol klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. Ben Barclay „Stanley“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini 13-avgust kuni „Sunderland“ futbol klubiga qarshi uvhrashuvda (3:1) oʻtkazgan. Koronavirus tufayli 2020-yil mart oyida liga doirasidagi oʻyinlar toʻxtatilishidan oldin „Accrington Stanley“ futbol klub mahalliy raqib "Blackpool" futbol klubi ustidan mehmonda gʻalaba qozongan.

Stockport County



2021-yil 2-avgustda Barclay Milliy liga vakili „Stockport County“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Ben Barclay 22-avgust kuni klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan.

Yeovil Town (ijara)
2022-yil 28-yanvarda Ben Barclay bir oylik ijara shartnomasi asosida Milliy liga vakili „Yeovil Town“ futbol klui safiga qoʻshilgan. Bir kun oʻtgach, Ben Barclay klubning asosiy jamoasi safida dastlabki oʻyinini „Woking“ futbol klubiga (1:0 hisobidagi gʻalaba) qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Barclay 19-mart kuni „Yeovil“ klubi safidagi birinchi golini „Dover Athletic“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan.

Carlisle United (ijara)
2022-yilning 4-iyulida Ben Barclay „Carlisle United“ futbol klubi safiga 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.

Faoliyat statistikasi



2022-yil 9-avgust holatiga ko'ra;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz