Bemorga yordam ko'rsatmaslik




Bemorga yordam koʻrsatmaslik  — qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi. Bemorga yordam koʻrsatmaslik badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, shaxs OʻzR JKnning 116-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
"Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonuniga muvofiq, tibbiyot va farmasevtika xodimlari fuqarolarga yoʻlda, koʻchada, boshqa jamoat joylarida va uyda birinchi tez tibbiy yordamni koʻrsatishga majbur[1].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz