BELYANKIN DMITRIY STEPANOVICH 11876.11.(23)8, Vologda guberniey — 1953.20.6. Moskva) — petrograf, texnik petrografiyaning asoschisi, akademik (1943). Petrograd politexnika insitituti professor (1920 yildan). 1930 yildan petrografiya instituti, so’ngra Geologiya fanlari intida ishlagan. 1949 yildan Fanlar Akademiyasining geologiya geografiya fanlari bo’limining akademik kotibi. Asosiy ishlari petrografiyaning umumiy, nazariy va texnik masalalariga, shuningdek mineralogiyaga bag’ishlangan. Jins hosil qiluvchi va noyob minerallarni, shuningdek “Texnik toshlar” (olovbardosh, keramika buyumlari, qayroqtoshlar, oynashisha va boshqalar)ni o’rgandi. Belyankin nomiga belyankining minerali qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish