Belvino




Belvino (OAJ Belvino) Belgorod viloyatidagi eng qadimgi va mintaqadagi alkogolli ichimliklarning asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan spirtli ichimliklar zavodi.

Korxona 1960-yilda "Belgorod vino zavodi" nomi bilan ikkilamchi vinochilik zavodi sifatida ish boshlagan va o'sha paytda Moldvinprom tarkibiga kirgan edi.Zavod Moldova vino materiallaridan uzum vinolarini quyishga ixtisoslashgandir.

1986-yilda vino zavodi alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirildi:siroplar,mahalliy manbalardan mineral suv va Kavkazdan Belgorod viloyatiga import qilinadigan shisha mineral suv.1989-yilda esa zavod hududida o'zining mineral suv manbai ochildi.

1991-yilda aroq cexi ishga tushirildi,bir yildan so'ng achchiq mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.

2016-yildan beri “Belvino” aksiyadorlik jamiyati yiliga 2 million dekalitrdan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib,o‘z brendlaridagi alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ham da idishlarni quyish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib keladi.

2017-yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Federal monopoliyaga qarshi xizmati "Belvino" OAJni "Raqobatni himoya qilish to'g'risida"gi qonunni buzgani uchun 5,45 million rubl miqdorida jarimaga tortgani ma'lum bo'ldi.

2021-yil oxirida daromad 617,8 million rublni tashkil etdi va 2020 yilga nisbatan 1,5 foizga kamaydi.

2022 yil may oyida VZVOD aroq ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz