BELOSTOK



BELOSTOK, Byalistok — Polshaning shimoli sharqidagi shahar, Belostok voevodaligining ma’muriy markazi. Byala daryosi sohilida. Aholisi 260 ming kishi (1990). Temir yo’l tuguni. 19- asr 30 yillaridan to’qimachilik sanoati bilan mashxur, asosan jun gazlama ishlab chiqariladi. Yirik ip gazlama kombinati qurilgan. Aniq mashinasozlik, yog’ochsozlik, oziq-ovqat, keramika sanoati korxonalari, meditsina instituti va boshqa oliy o’quv yurtlari bor. 17 — 18-asrlar me’moriy yodgorliklardan Braniskiy saroyi (1691 — 97) saqlangan. Gotika ratushasi (1745 — 46) va boshqalar. bor. Shaharga 1320 yilda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz