BELO (Bello) Anders (1781.29.11, Karakas — 1865.15.10, Chili) — Venesuela shoiri, filolog. 1829 yildan Chilida yashagan. Lotin Amerikasi Filologiyasining asoschisi. Epik dostonlari — “Nazmga murojaat” (1823), “Tropiklardagi dehqonchilik qasidasi” (1826) bor. Falsafiy qarashlari bilan ma’rifatparvar, ijodiy uslubi klassisizmga moyil. Milliy ruhiyat va folklorga bo’lgan qiziqishi tufayli Lotin Amerikasi adabiyotida romantizmni boshqa ijodkorlarga nisbatan oldiproq payqagan. Ispan grammatikasi, fonetikasi va boshqalar haqida asarlar yozgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish