BELLINSGAUZEN FADDEY FADDEYEVICH



BELLINSGAUZEN FADDEY FADDEYEVICH 11778.9 (20). 9, Ezel oroli, hozirgi Saarema oroli, Estoniya Respublikasi — 1852, 13 (25). 1, Kronshtadt] — rus dengizchi sayyohi va tadqiqotchisi, admirali. 1803 — 06 yillarda dunyo aylana dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1819 — 21 yillarda “Vostok” va “Mirniy” kemalarida Antarktidaning qutb yoni zonalarini o’rganish va noma’lum erlarni kashf qilish uchun yuborilgan ekspeditsiyaga boshchilik qildi. Ekspeditsiya 1820 yil yanvarda Antarktida qirg’oqlari (hozirgi Bellinsgauzen shelf muzligi)ga yaqinlashdi. Antarktida yaqinida va tinch okeanning tropik qismida bir necha orol kashf qilindi. Ekspeditsiya 1821 yil iyul—avgustda 751 kunlik dengiz safaridan keyin Kronshtadtga qaytib keldi. Bellinsgauzen 1839 yildan Kronshtadt gubernatori bo’lgan. Ekspeditsiya tafsilotini xaritalar atlasi bilan birga nashr qildirgan. Bellinsgauzen nomiga tinch okeandagi dengiz va suv osti soyligi, Antarktidada shelf muzligi va ilmiy stansiya, Orol va boshqalar qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz