Bellator MMA
Bellator MMA (sobiq Bellator Fighting Championships) — Santa Monikada joylashgan Amerika aralash yakkakurashlar boʻyicha kurashlar uyushtiradigan tashkilot.
Dunyodagi ikkinchi yirik MMA kompaniyasi. ViacomCBS kompaniyasiga tegishli va shu tomonidan boshqariladi.
Tarixi
2008-yilda amerikalik biznesmen Byorn Rebni tomonidan Bellatorga asos solingan. Janglar sakkizburchak yoki gibrid ringda oʻtkaziladigan boshqa tashkilotlardan farqli oʻlaroq, Bellator janglari dumaloq qafasda oʻtkaziladi. Bellator Fighting Championships 1 debyut turniri 2009-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan. Bellator har yili turnirlarni („fasllar“ deb ataladigan — inglizcha: seasons) uyushtiradi, unda jangchilar turli vazn toifalarida Olimpiya tizimiga koʻra gʻolibni aniqlaydilar. Bundan tashqari, tashkilot chempionlik kamari uchun ham janglar oʻtkaziladi.
2011-yil dekabr oyida ViacomCBS kompaniyaning asosiy ulushini sotib oldi.
2014-yil iyun oyida direktorlar kengashi raisi Byorn Rebni va prezident Tim Danayer lavozimidan ozod etilgani eʼlon qilindi. Rebni oʻrniga Strikeforce asoschisi Skott Koker keladi. Skott Koker kelganidan keyin mavsumlar bekor qilingan.
Translyatsiyalar
2021-yilning 9-fevralida Bellator MMA shoulari Showtime kanalida 2021-yil aprelidan boshlab efirga uzatilishi eʼlon qilindi.
2021-yildan beri Bellator faqat Rossiyada Okko Sport platformasida taqdim etilgan.
Hozirgi chempionlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org