BELLADONNA
BELLADONNA (Atropa belladonna) — ituzumdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik zaharli o’t. Bo’yi 0.5 — 1,5 (2) metr. Barglari ellipssimon, o’tkir uchli, tekis qirrash, kalta bandli, ketmaket juft-juft bo’lib joylashgan. Har juftdagi bitta barg katta bo’ladi. Tullari bittadan gulga juft-juft holda barg qo’ltig’iga o’rnashgan. Mevasi to’qbinafsha rang, ko’p urug’li ho’l meva. Yovvoyi holda Qrim, Kavkaz, Moldaviya va G’arbiy Ukrainaning o’rmonlarida, o’tloklarda, suv va yo’l yoqalarida o’sadi. Belladonnaning hamma qismi apkachoidlarga boy. Undan atropin, giossiamin, skopoyaamin va boshqa alkaloidlar olinadi. Bargidan tayyorlangan preparatlar (nastoykalar), atropin alkaloidi ogriqni qoldiradigan, kuz gavharini kengaytiradigan va spazmga qarshi dori sifatida, me’da, ko’z kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bargi astma kasalligida chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi. Belladonnaning Kavkazda o’sadngan yana bir turi (A. caucasica) xam shu maqsadda tibbiyotda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz