Bell laboratoriyasi




Bell laboratoriyasi (Bell Laboratories shuningdek, Bell Labs, ilgari AT&T Bell Laboratories, Bell Telefon Laboratories nomi bilan ham tanilgan) - sobiq amerika, hozir Finlandiya-Amerika korporatsiyasi, telekommunikatsiya, elektron va kompyuter tizimlari sohasidagi yirik tadqiqot markazi. Bell Labs shtab-kvartirasi Nyu-Jersi (AQShning Murray Xill shahri)da joylashgan.

Tarixi



1883-yilda AT&T Bostonda Mexanika bo'limiga asos soldi, bo'lim keyinchalik muhandislik bo'limi deb nomlana boshladi. 1907-yildaWestern Electric va AT&T tadqiqot guruhlari Western Electric Engineering Department'ga (Nyu-York) birlashtirildi, natijada ular 1925-yil 1-yanvarda AT&T muhandislik boʻlimi bilan birlashib, Bell Telephone Laboratories, Inc nomli tadqiqot markazini tashkil qildilar.

1996-yil 30-sentabrda Lucent Technologies AT&T kompaniyasidan ajralib chiqdi, unga Bell Labs va Western Electric kirar edi.

2002-yilda fizik Yan Hendrik Shon 2000-yillarning boshlarida koʻplab tadqiqotlarni soxtalashtirishda ayblanib, Bell Labs laboratoriyasidan ishdan boʻshatildi. Bu kompaniya tarixidagi birinchi bunday holat edi

2003-yilda Myurrey Hillda Nyu-Jersi nanotexnologiya laboratoriyasi tashkil etildi

2006-yil 1-dekabrda Lucent Technologies Fransiyaning Alcatel kompaniyasi bilan birlashib, Alcatel-Lucentga aylandi. Bell Labs Alcatel-Lucent korporatsiyasining tadqiqot markaziga aylandi.

2008-yilda materialshunoslik va yarimo'tkazgichlar fizikasi sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlar to'xtatilganligi e'lon qilindi. Buning o'rniga, tadqiqot markazi Alcatel-Lucent bosh kompaniyasi talablariga e'tibor qaratildi.

2016-yilda Alcatel-Lucentni sotib olinishi natijasida Bell Labs Finlandiyaning Nokia kompaniyasi nazoratiga o'tdi.

Tadqiqotlar



O'tgan yillar davomida kompaniya radioastronomiya, tranzistor, lazer, kvarts soati, axborot nazariyasi, UNIX operatsion tizimi va C, C++ dasturlash tillari kabi ko'plab inqilobiy texnologiyalarni ishlab chiqdi. Bell Labs olimlari yettita Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz