BELKANTO



BELKANTO (italyancha bel canto — go’zal kuylash) — Italiya xonandaligi maktabi, yengil va nafis kuylash uslubi, keng ma’noda — vokal ijrochiligining ravonligi, mukammalligi. Ijrochidan bekamu kust mahoratni, virtuoz jilvalarni talab etadi. Belkanto uslubi 17- asr o’rtasida Italiya operasida yuzaga kelib, milliy xonandalik maktabining shakllanishiga asos bo’lgan. Belkanto yangi ijro uslublari bilan boyib, o’zga milliy opera xonandaligi maktablariga, xususan O’rta Osiyo xalqlari opera ijrochiligi shakllanishiga ta’sir qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz