Belize
Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan yarim orolning janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 23 ming km². Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.
Tabiati
Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, janubiy qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shimolida — savanna. Beliz hayvonot dunyosi turli-tuman hisoblanadi.
Tarixi
16-asr boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862-yildan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964-yil ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973-yildan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981-yil 21-sentabrda B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Beliz chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Janubiy hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya ishlab chiqarish— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969-yildan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956-yildan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989-yildan), "Riporter" ("Muxbir", 1968-yildan) gazetalari chiqadi. 1937-yildan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Beliz — Markaziy Amerikada joylashgan kichik davlat bo‘lib, Karib dengizi sohilida joylashgan. Bu davlat shimolda Meksika, g‘arb va janubda Guatmaala bilan chegaradosh. Beliz mustaqil davlat boʻlib, sobiq Britaniya koloniyasi hisoblanadi va rasmiy tili inglizcha boʻlib, bu esa mintaqadagi boshqa ispan tilida gaplashuvchi davlatlardan farq qiladi.
Tarix
Beliz tarixan mayya sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo‘lgan. Tarix davomida u ko‘plab yevropalik mustamlakachilar, xususan ispanlar va britaniyaliklarning ta'siri ostida qoldi. 1981-yilda Beliz Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qildi.
Geografiya
Beliz hududi asosan tropik o‘rmonlar, cho‘llar va mangrovzorlardan iborat. Bu yerda Karib dengizi qirg‘oqlari va uning yoshlik okean korallari tizimi mavjud bo‘lib, u dunyodagi eng katta ikkinchi coral rifi hisoblanadi. Shuningdek, Belizda ko‘plab daryolar va ko‘llar bor.
Iqlim
Beliz tropik iqlimga ega, yil davomida issiq va nam bo‘lib, mavsumiy yog‘inlar kuzatiladi. Yog‘ingarchilik ko‘pincha maydan noyabrgacha bo‘ladi.
Aholi
Beliz aholisi taxminan 400 ming atrofida bo‘lib, milliy va etnik guruhlar juda xilma-xildir. Asosiy guruhlar maya, krioyollar, garifuna, mennonitlar va boshqa guruhlardan tashkil topgan. Ingliz tili rasmiy til sifatida ishlatilsa-da, ko‘plab odamlar ispan, kriol, garifuna va boshqa tillarda ham so‘zlashadi.
Iqtisodiyot
Beliz iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi, turizm va baliqchilikka tayanadi. Ayniqsa, sayyohlik sohasida Belizning Karib dengizi qirg‘og‘idagi dengiz sayyohlik joylari, snorkelling va diving uchun mashhur. Agrar mahsulotlar sifatida shakarqamish, banan, meva va kayin o‘tishadi.
Madaniyat
Beliz madaniyati juda rang-barang va ko‘p millatli xalqning an’analari bilan boyitilgan. Musiqa, raqs, bayramlar va taomlar mahalliy va afrikalik, yevropalik hamda maya ta’sirlarini o‘zida mujassam etgan.
Muammolar va imkoniyatlar
Beliz kichik davlat bo‘lgani uchun iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklarga duch keladi, jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani yaxshilash masalalari mavjud. Biroq ekologiya va turizm sohasida imkoniyatlari keng, ayniqsa barqaror sayyohlik rivojlanishi uchun katta salohiyat mavjud.
Shunday qilib, Beliz o‘zining noyob tabiiy go‘zalligi, xilma-xil madaniy muhit va tarixiy merosi bilan Markaziy Amerikaning muhim davlatlaridan biridir.