Belgiyada COVID-19 pandemiyasi




COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Belgiyada ilk bor 2020-yil 4-fevral kunida tarqaldi.

Epidemiyadan oldingi holat



2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga nomaʼlum sabablarga koʻra pnevmoniya holatlari toʻgʻrisida xabar berdi. 2020-yil 12-yanvarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Xubey provinsiyasining Uxan shahrida yashovchi odamlar guruhida yangi koronavirus nafas olish kasalligi sababi boʻlganligini tasdiqladi.

COVID-19 uchun oʻlim holatlari 2003-yildagi SARS koʻrsatkichidan ancha past edi, ammo infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada oshdi va oʻlimga olib keldi.

Yangi shtamm



Belgiyada koronavirusning B.1.214 deb nomlangan yangi shtammi aniqlandi. Yangi shtamm Lyej universiteti laboratoriyasida aniqlangan boʻlib, aholining 4 foizi uni allaqachon yuqtirib olgan. «Hozirgacha yuzdan ortiq odamda qayd etilgan yangi shtamm Belgiyada asta-sekin tarqalmoqda.

„Ammo biz bu aynan ʻbelgiyachaʼ shtamm emasligiga aminmiz“, — deb ta’kidlagan universitetning koronavirus tahlili bilan shugʻullanuvchi laboratoriyasi rahbari Vinsent Bur[6].

Vaqt jadvali



Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz