Belgiya ayollar super ligasi




Belgiya ayollar super ligasi (gollandcha: Super League Vrouwenvoetbal/Belgisch Vrouwenvoetbal Kampioenschap; fransuzcha: Superligue/Championnat de Belgique féminin de futbol; nemischa: Superliga/Belgische Frauenfußballmeisterschaft) Belgiyadagi ayollar futboli ligasidagi eng yuqori toifali musobaqadir. Belgiya ayollar super ligasi 2015-yilda Belgiya va Gollandiya qoʻshma ligasi boʻlgan BeNe ligasidan tashkil etilganidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, 2014-2015-yilgi mavsum Belgiya ayollar super ligasining ilk mavsumi boʻlishi belgilangan.

Formati



2015-2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasida sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular birinchi bosqichda qoʻsh davrada (uy stadionidagi va mehmondagi oʻyinlar) oʻynashadi. Shundan soʻng, ochkolar yarmiga qisqartiriladi va eng yaxshi toʻrtta va quyi oʻrinlarni egallagan jamoalar har biri jami yana bir juft davrada oʻyinlarini oʻynaydi. Belgiya ayollar super ligasi g‘olibi Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. Belgiya ayollar super ligasining so‘nggi o‘rnini egallagan jamoa quyi ligaga tushib ketadi.

2016-2017-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yo‘g‘i yettita jamoa bo‘lganligi sababli format o‘zgartirildi va ikkinchi bosqich davra oʻyinlari bekor qilindi. Jamoalar har biri jami 24 ta oʻyin uchun oʻzaro toʻrt marta oʻynashdi. Teng ochkolarga ega boʻlgan jamoalar birinchi gʻalabalar soniga koʻra, ular ham teng boʻlsa toʻplar nisbati boʻyicha darajalarga b`olindi va shu tariqa eng yuqori va eng quyi oʻrindagi jamolar aniqlandi.

2017-2018-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yoʻgʻi oltita jamoa oʻynadi va yana dastlabki ikki davralik formatga qaytildi.

Jamoalar



Belgiya ayollar super ligasining birinchi mavsumida Club Brugge va yana beshta jamoa, shuningdek, birinchi divizionning eng yuqori oʻrinlarini egallagan uchta jamoa ishtirok etdi.

2015 va 2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasi gʻolibi Liers 2016-2017-yilgi mavsumda Belgiya ayollar super ligada ishtirok etmadi, birinchi diviziondagi jamoalarning hech biri Belgiya ayollar super ligasida soʻnggi sakkizinchi oʻrinni olgan jamoada ustun kelmaganligi uchun Belgiya ayollar super ligasisining 2016-2017-yili mavsumida atigi yettita jamoa ishtirok etdi.

Chempion jamoalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz