Belgiya — Turkmaniston munosabatlari




Belgiya — Turkmaniston munosabatlari  — Belgiya Qirolligi va Turkmaniston oʻrtasida 1993-yil 1-fevraldan boshlab oʻrnatilgan ikki tomonlama diplomatik munosabatlar.

Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi



Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi 1997-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: Bryussel, Bulvar General Jak 15, 1050.

2016-yil fevral oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ata Serdarov boshqarib kelmoqda.

Elchilar




Belgiyaning Turkmanistondagi vakolatxonasi



Belgiyaning Turkmanistondagi diplomatik vakolatxonasi 1995-yilda ochilgan. Turkmaniston hududida Belgiya Qirolligining elchixonasi mavjud emas. Shu sababli Belgiya elchilari 1995—2010-yillar oraligʻida Turkiya poytaxti Anqaradagi elchixonada Turkmaniston boʻyicha aloqalarni yuritgan. Bugungi kunda elchilar oʻz vakolatlarini Ozarbayjon poytaxti Bokudagi elchixonada davom ettirmoqda.

2014-yilning yanvaridan Belgiyaning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Karin Petit bir vaqtning oʻzida Turkmanistonda ham akkreditatsiyadan oʻtgan va ikki joyda ham elchi vazifasida ishlaydi.

Elchilar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz