Belfast qal’asi




Belfast qal’asi (inglizcha: Belfast Castle) ― Irlandiyadagi qal’alardan biri boʻlib, Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi Kantri Parkdagi Keyxvill togʻlari yonbagʻirlarida joylashgan. U dengiz sathidan 400 fut (120 metr) balandlikda joylashgan va Belfast shahriga qaraydi.

Tarixi



Belfast qal’asi XII-asr oxirida normanlar tomonidan qurilgan. Belfast shahrining shimoliy chekkasida joylashgan. Qal’a baron Chichesterning qarorgohi edi (u koʻproq ser Artur Chichester nomi bilan mashhur edi), ammo qarorgoh 1708-yilda yonib ketadi. Baron Chichester binoni asl joyida tiklash oʻrniga, shahar chekkasida yangi qarorgoh qurishga qaror qiladi. Biz bugun koʻrib turgan bino 1811-1870-yillar oraligʻida Donegallik Markiz tomonidan qurilgan. Qal’a Shotlandiya baronlari Charlz Lanyon va uning oʻgʻillari uslubida qurilgan. Donegal Markessi vafotidan keyin va oilaning moliyaviy muammolarini bartaraf etgandan soʻng, Shaftesberi 8-grafi ushbu qal’aning qurilishini yakunladi. Uning oʻgʻli, Shaftesberi grafi XIX, 1934-yilgacha shu qasrda yashagan.

1978-yilda Belfast shahar kengashi qal’ani kapital taʼmirlashni boshlaYdi. Ish 10-yil davom etAdi. Taʼmirlash uchun 2 million funtdan ortiq mablagʻ sarflandi. Qayta tiklash meʼmori sheriklar Xyuitt va Xeslam edi. Qayta tiklashdan soʻng rasmiy ochilish marosimi 1988-yil 11-noyabrda boʻlib oʻtadi.

Qal’ada antiqa buyumlar doʻkoni va restoran joylashgan. Majmua anjumanlar, shaxsiy bayramlar va toʻylar uchun mashhur joy.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz