Belfast




Belfast — Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning yirik shahri. Belfast-Lox qoʻltigʻidagi katta port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 304 ming kishi (1986). B. kanal va temir yoʻl orqali ichki rayonlar bilan bogʻlangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kemasozlik (yirik harbiy va yoʻlovchilar tashuvchi kemalar). elektrotexnika, mashinasozlik (asosan kema va toʻqimachilik sanoati uchun mashinalar), samolyotsozlik, jun gazlama, gilam, sunʼiy tola ishlab chiqarish va boshqa Universitet (1845-yildan), texnologiya kolleji, rasmlar galereyasi bor. Shahar 12-asrdan maʼlum. Irlandiya boʻlib yuborilgach (1921), Shim. Irlandiyadagi liniy ixtiloflar natijasida yuzaga kelgan mojarolar markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz