BELAYA TSERKOV
BELAYA TSERKOV — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1925 yildan). Ros daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 205 ming kishi (1999). Shahar 1155 yildan ma’lum, 1363 yildan Litva va Polsha, 1793 yildan Rossiya qo’l ostida bo’lgan. Belaya Tserkovda rezina (shu jumladan shina), mashinasozlik (qishloq xo’jalik mashinalari va elektrotexnika) sanoati, qurilish materiallari, yengil sanoat korxonalari bor. Belaya Tserkov instituti, teatr, o’lkashunoslik muzeyi, “Aleksandriya” dendroparki mavjud. Iqlimiy va balneologiya kurorti bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz